Ham sizni, ham hamyoningizni xursand qiladigan xaridlar.  Visa InfinBANK bilan imtiyozlar bo‘ylab sayohat

Ham sizni, ham hamyoningizni xursand qiladigan xaridlar. Visa InfinBANK bilan imtiyozlar bo‘ylab sayohat

Ham sizni, ham hamyoningizni xursand qiladigan xaridlar. Visa InfinBANK bilan imtiyozlar bo‘ylab sayohat

Hayotning eng yaxshi onlarini rejalashtirib yoki vazifalar ro‘yxatiga kiritib bo‘lmaydi. Ular manzarali joyda kechki ovqatdan bahramand bo‘lish paytida, lazzatli choy ichib suhbatlashayotganda yoki tasodifan qayta-qayta borishni istagan joyni topib olganingizda sodir bo‘ladi. Bunga Visa InfinBANKdan olinadigan bonuslar qo‘shilganda zavqlanish yanada manfaatli bo‘lib qoladi.

Keling, mazali takliflardan boshlaymiz.

Ember, MEATme, Afsona, Nachalo Wine & Kitchen, Wine Bazaar va Nobile restoranlarida siz shunchaki taom buyurtma qilish bilan cheklanmaysiz, balki o‘ziga xos muhit, unutilmas taassurotlar, bosh oshpazning maxsus taklifi va yoqimli bonuslardan bahramand bo‘lasiz. Ba’zi joylarda butun menyuga 10% chegirma berilsa, boshqalarida sizga bir qadah vino va mualliflik gazagi taqdim etiladi. Ba’zan esa shunday bir oqshomni o‘tkazasiz-ki, uni keyinchalik zavq bilan eslab yurasiz.

Agar siz xuddi shunday yoqimli bo‘lgan, ammo yanada xotirjam sharoitda, masalan, yo‘lda ketayotganda qahva ichishni yoki sermazmun kunda tanaffus qilishni istasangiz, bizda yana bir lazzatli imtiyoz mavjud. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab InfinBANK’ning VISA Platinum premium karta egalari Bon va Costa qahvaxonalarida xushbo‘y sovg‘a — o‘rtacha hajmdagi amerikano, kapuchino yoki latteni (tanlov bo‘yicha) olishlari mumkin.

Hammasi juda oddiy: Visa Concierge chat-botida QR-kodni yarating va uni baristaga ko‘rsating. Bunday taklif faqat bitta shart bilan taqdim etiladi — VISA Platinum Business kartasi orqali oyiga 2 000 000 so‘mdan ortiq xarid qiling va bepul qahvadan bahramand bo‘ling.

Shahar tashqarisiga chiqmoqchimisiz?

Amirsoy’dagi kurortning barcha xizmatlariga 10% chegirma bilan cho‘qqilarni zabt etish uchun ajoyib imkoniyat. Yoki Uzumfermer yoki KOSA ekofermalariga tashrif buyurishingiz mumkin. U yerda hamma narsa tabiiy: vino, taomlar, manzaralar, sayrlar va albatta, Visa Platinum, Visa Signature, Visa Infinite InfinBANK kartalari orqali yanada ko‘proq chegirmalar. Bundan tashqari, iTicket.uz saytida Visa kartasi bilan to‘lov qilganda chiptalarni xarid qilishda 20% chegirma mavjud. Tarixiy Samarqandning muzeylari, teatrlari, diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuring va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling.

Shahar tashqarisiga chiqmasdan premial toifali mehmonxonada dam olishni xohlasangiz, Courtyard by Marriott Tashkent yoki Intercontinental Tashkent’da osoyishta hordiq chiqarishni tanlang. Chunki bu mehmonxonalar Visa premial kartalari egalari uchun yashashga 10 foizlik chegirma tayyorlab qo‘ygan.

Salomatlik va muvozanat ham amalda.

Chekhov fitnes klubida VIP kartalarni 55% gacha chegirma bilan qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Artgravity’da esa abonementlar, massajlar va hatto sovg‘aga qahva uchun chegirmalar orqali ichki uyg‘unlikka erishishingiz mumkin (hordiq chiqarish uchun ajoyib shartlar, shunday emasmi?). Yoki InterContinental Tashkent’dagi Equilibrium’ga tashrif buyuring — u yerda fitnes va spa bir joyda, har bir detal puxta o‘ylab chiqilgan. Visa kartasi bilan a’zolik 20%ga arzonroq tushadi. Agar to‘liq yangilanishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, The Bani’ga marhamat qiling. Zamonaviy hammomlar, havzalar va spa-salonlar, bu yerga kirib kelishingiz bilanoq kelganingizdan afsuslanmaysiz. Va albatta, Visa kartangiz bilan chipta narxiga 20% chegirma olasiz.

Xo‘sh, xaridlar qilish-chi?

Bu zavq olish, o‘zingizni ifodalash, mavsumga qarab kayfiyatni o‘zgartirish yoki shunchaki sababsiz o‘zingizni xursand qilishning bir usulidir

Marina Rinaldi, Weekend Max Mara, Pinko, Peserico, Cole Haan, Hugo va Zadig & Voltaire do‘konlarida Visa InfinBANK kartasi bilan garderobingizni nafaqat yangi urf talqinida yangilab olasiz, balki 15% gacha chegirmalar bilan foydali sarmoyaga erishasiz.

Bunga Levi’s’ klassik jinsilari va L’Occitane’ning Provans atirlarini qo‘shsangiz, kuningiz yanada go‘zallashayotganini his qilasiz, bunga qo‘shilasizmi?

Yaqinlaringizga Visa kartasi bilan Henry Bonnar gullarini sovg‘a qilib quvonch ulashing. Bu aynan o‘sha yakunlovchi urg‘u, axir Visa InfinBANK kartasi bilan bu makonda sizni xaridlarga 10% bonus kutmoqda.

Bularning barchasi shunchaki joylar ro‘yxati emas. Bu zavqlanish imkoniyatlaringiz jamlangan shaxsiy shahar xaritangizdir.

Visa InfinBANK kartasi esa bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. Sababi, go‘zal hayot kechirish, zavqlanib dam olish, ongli ravishda tanlash va oqilona to‘lash — bu haqiqiy imtiyozdir. Qo‘lingizda to‘g‘ri karta bo‘lsa haqiqatan ham ajoyib narsalar osonlikcha yuz beradi.

Mavjud imtiyozlar haqidagi barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun @VisaConciergeBot Telegram-botidan foydalaning.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.