InfinBANK madaniyat va sport rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi
InfinBANK jamoasining 50 nafar xodimi faxr bilan Bukhara Night Race yarim marafonida ishtirok etdi.Bank muntazam ravishda xayriya tashabbuslarini targ‘ib qiluvchi sport tadbirlarida qatnashib keladi. Sport va madaniyat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv loyihalarni qo‘llash hamda yosh avlodni xayriya faoliyatiga qiziqtirish — InfinBANK korporativ madaniyatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
“Biz "Samarkand Marathon" loyihasida ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz va ushbu tashabbusning maqsadini — boy madaniy va turistik kontekstni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligimizni yana bir bor ta’kidlaymiz,” — dedi InfinBANK Marketing departamenti direktorining o‘rinbosari Emil Valitov.
Shuningdek, hozirda Buxoroda butun shaharni qamrab olgan Ochiq Zamonaviy San’at Biennalesi o‘tkazilayotganini alohida qayd etish lozim. Yugurish davomida ishtirokchilar nafaqat kechki shahar go‘zalligidan va tarixiy obidalar jilvasidan, balki zamonaviy san’at asarlaridan ham bahramand bo‘lishdi.
Bunday tadbirlar InfinBANK xodimlariga haqiqiy jamoaviy ruhni namoyon etish va umumiy korporativ qadriyatlarni mustahkamlash imkonini beradi. Yarim marafondagi ishtirok bank jamoasi uchun nafaqat sport sinovi, balki birlashish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va maqsadlarga birgalikda erishish imkoniyati bo‘ldi.
Xayriya yugurishlaridan tortib Biennale kabi madaniy tadbirlardagi ishtirokgacha bo‘lgan bunday tashabbuslar InfinBANK korporativ madaniyatini yanada boyitadi. Ular jamoada birlik muhitini, yangi g‘oyalarga ochiqlikni va rivojlanishga intilishni shakllantiradi — bu esa Bank falsafasining ajralmas qismi hisoblanadi.
