"Ma’rifat va bank" forumi: ta’lim orqali kuchli iqtisodiyot sari qadam

"Ma’rifat va bank" forumi: ta’lim orqali kuchli iqtisodiyot sari qadam

"Ma’rifat va bank" forumi: ta’lim orqali kuchli iqtisodiyot sari qadam

24-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Ma’rifat va bank: bilimli jamiyat bilan kuchli iqtisodiyot sari" nomli forum o‘z ishini boshladi. Tadbirda bank sohasi vakillari, nashriyotchilar, ijodkor ziyolilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Uch kunlik dastur doirasida kitob yarmarkalari, yangi nashrlar taqdimoti, nashriyot ishi, tarjimonlar va muharrirlar faoliyati, shuningdek, amalga oshirilgan loyihalar muhokamasi rejalashtirilgan. Tashrif buyuruvchilarni intellektual o‘yinlar, sahna asarlari, yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, viktorinalar va she’riyat kechalari kutmoqda.



Moliyaviy muassasalar va nashriyot sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Forum doirasida banklar va nashriyotlar o‘rtasida bir qator sheriklik bitimlarining imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Forumda InfinBank vakillari ham faol ishtirok etib, ma’rifatni yuksaltirish va madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bankning bunday loyihalarda ishtiroki uning barqaror taraqqiyot va ijtimoiy mas’uliyat g‘oyalariga sodiqligini yaqqol namoyon etmoqda.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.