InfinBANK va “Yangi Asr Avlodi” nashriyoti yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun hamkorlik kuchlarini birlashtirmoqda

InfinBANK va “Yangi Asr Avlodi” nashriyoti yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun hamkorlik kuchlarini birlashtirmoqda

InfinBANK va “Yangi Asr Avlodi” nashriyoti yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun hamkorlik kuchlarini birlashtirmoqda

2025 yil 26 sentyabr, Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada o‘tkazilayotgan “Ma’rifat va bank: bilimli jamiyat bilan kuchli iqtisodiyot sari” forumida InfinBANK mamlakatning yetakchi nashriyotlaridan biri — “Yangi Asr Avlodi” bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. 

Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan uch kunlik forum moliya sohasi vakillari, nashriyot jamoatchiligi, ijodkor ziyolilar va keng jamoatchilikni birlashtirdi. Tadbirning asosiy maqsadi — ma’rifat madaniyatini rivojlantirish, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish hamda bank sektori va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir. 

InfinBANK va “Yangi Asr Avlodi” nashriyoti o‘rtasidagi kelishuv yoshlar orasida moliya sohasidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ta’limiy adabiyotlar nashr etish, ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish va maktab hamda talaba yoshlar uchun maxsus dasturlarni rivojlantirish rejalashtirilgan. 

Mazkur hamkorlik InfinBANK’ning butun mamlakat bo‘ylab mahallalarda bolalar kutubxonalarini rivojlantirishga qaratilgan “Kelajak kutubxonalari” ijtimoiy tashabbusining mantiqiy davomi bo‘ldi. 

InfinBANK boshqaruvi raisi Olga Leonidovna Numanova memorandum imzolanishi yuzasidan izoh berar ekan, shunday dedi: “Ma’rifat — kuchli iqtisodiyotning poydevori. Biz ishonamizki, bilimga erkinlik yaratish va moliya sohasini yoshlikdan anglash mas’uliyatli, barqaror kelajakni qurishga tayyor avlodni shakllantiradi. Yangi Asr Avlodi nashriyoti bilan hamkorlik qilishimiz — bilimli jamiyat rivojiga qo‘shgan hissamiz hisoblanadi.” 

InfinBANK an’anaviy tarzda ta’limni rivojlantirish, madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Bankning bunday loyihalarda faol ishtirok etishi uning barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini va kelajak avlodlar manfaati yo‘lida strategik hamkorlikka intilishini ifodalaydi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.