InfinBANK Sharqdagi aloqalarini kengaytirmoqda
.png.webp)
InfinBANK Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ruslan Karimov rahbarligidagi delegatsiya Frankfurt shahrida o‘tkazilgan "Sibos 2025" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
.png.webp)
Tadbir butun dunyodagi yetakchi banklar, fintech kompaniyalari va mutaxassislarni jamlagan holda, tajriba almashish va global moliya sohasidagi yangi yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun maydon bo‘lib xizmat qildi.
.png.webp)
InfinBANK’ning Sibos 2025’dagi ishtiroki Xitoy xalqaro banklari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va undan tashqaridagi mijozlar uchun zamonaviy yechimlarni joriy etish borasida yangi imkoniyatlar yaratdi.
