Mahalladagi qo‘llab-quvvatlash ishlari biznesni rivojlantirishga yordam bermoqda
.png.webp)
Bugun InfinBANK bosh ofisida O‘zbekiston Markaziy bankining "2025-yilning eng yaxshi mahalla agenti" tanlovida qatnashib, ikkinchi saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tgan mahalla agentlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda bankning Toshkent, Samarqand, Nukus va boshqa viloyat filiallaridan tashrif buyurgan agentlar ishtirok etishdi.
Boshqaruv raisi o‘rinbosari Alesya Frolova agentlarga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va kichik uchrashuv o‘tkazib, ishtirokchilarning g‘oya hamda takliflarini muhokama qildi.
Rasmiy qismdan so‘ng norasmiy formatda samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda rejalar muhokama qilindi, tajriba almashildi va hududlardagi kichik biznesning istiqboli haqida fikr yuritildi.
InfinBANK hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish va joylarda o‘sish imkoniyatlarini yaratishni davom ettirmoqda — sizlar bilan birgalikda!
