"Mas’uliyatli investitsiyalash: barqaror amaliyotlar va biznes muvaffaqiyatining uyg‘unligi" mavzusida biznes-forum
.png.webp)
22-oktyabr kuni "Mas’uliyatli investitsiyalash: barqaror amaliyotlar va biznes muvaffaqiyatining uyg‘unligi" mavzusida WIUT 2025 xalqaro biznes-forumi o‘tkazildi.
Forum soha yetakchilari, investorlar va mutaxassislarni bir joyda to‘pladi.
Ma’ruzachilar orasida —
"Invest Finance Bank" boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alesya Frolova ham ishtirok etdi va
"InfinBANK KO‘B muhitida ESGning harakatlantiruvchi kuchiga aylanish uchun o‘z strategiyasini qanday moslashtirmoqda?" mavzusida ma’ruza o‘qidi.
