InfinBANK o'z uy-joyingizni sotib olish imkoniyatini taqdim etadi!

InfinBANK o'z uy-joyingizni sotib olish imkoniyatini taqdim etadi!

InfinBANK o'z uy-joyingizni sotib olish imkoniyatini taqdim etadi!

InfinBANK Andijondagi "New City" turarjoy majmuasi uchun ipoteka kreditlarini joriy qildi.
Endi ushbu premial toifali majmuada o'z xonadoningizga ega bo'lish orzu emas, balki haqiqatdir.

"New City" — bu shaharning shinam va qulay hududida joylashgan zamonaviy turarjoy majmuasi bo'lib, sizga qulay hayot uchun kerak bo'lgan barchasi ko‘zda tutilgan: obodonlashtirilgan hududlar, zamonaviy kommunal xizmatlar, puxta loyihalashtirilgan infratuzilma va zamonaviy arxitektura.

"New City" majmuasidagi xonadon bu shunchaki kvadrat metrlar emas, balki undan-da ko‘prog‘i — siz va oilangiz uchun qulaylik va erkinlik, ertangi kunga ishonch degani.

Xonadonlar minimal maydoni 74 kvadrat metrni tashkil etadi, bu esa uni keng maydon, sifat va ishonchlilikni yuqori qadrlaydiganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.

InfinBANK’dan ipoteka bo‘yicha asosiy shartlar:
Boshlang‘ich to‘lov — uy-joy qiymatining 25% dan boshlab
Yillik foiz stavkasi — 18%
Kredit muddati — 240 oygacha

InfinBANKdan ipoteka krediti bilan siz orzungizdagi xonadonni tanlash va bugundan yangi hayot boshlash imkoniyatiga egasiz. Bank masalaning moliyaviy tarafi haqida g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga oladi, shuning uchun siz butun diqqatingizni eng muhim narsalarga, ya'ni o‘z uyingizda qulaylik va uyg‘unlikni yaratishga qaratishingiz mumkin.
InfinBANK va "New City" bilan qulaylik, barqarorlik hamda ishonch haqiqiy uyingizga birinchi qadamingiz bo‘lsin!

"New City" — yangi hayotni bugundan boshlang!
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.