InfinBANK yuridik shaxslar uchun 0 foizdan boshlab avtokredit joriy qilmoqda

InfinBANK yuridik shaxslar uchun 0 foizdan boshlab avtokredit joriy qilmoqda

InfinBANK yuridik shaxslar uchun 0 foizdan boshlab avtokredit joriy qilmoqda

2025-yil 5-noyabr, Toshkent. InfinBANK UzAutoMotors bilan hamkorlikda Chevrolet Onix, Tracker, Damas va Labo avtomobillarini xarid qilish uchun avtokredit aksiyasini e’lon qiladi. Endi avtokreditni 0% dan boshlanadigan foiz stavkasi va moslashuvchan boshlang‘ich to‘lov shartlari asosida rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.


Asosiy kreditlash shartlari:

Chevrolet Onix uchun:

  • Foiz stavkasi — 0%
  • Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan 50% gacha
  • Muddati — 30 dan 60 oygacha

Chevrolet Tracker uchun:

  • Foiz stavkasi — 0%
  • Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan 60% gacha
  • Muddati — 24 dan 60 oygacha

Damas va Labo uchun:

  • Foiz stavkasi — 0% dan boshlab
  • Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab
  • Muddati — 60 oygacha

Voqeaga izoh berar ekan, InfinBANK boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alesya Frolova shunday dedi: "Biznesda fursatni qo‘ldan boy bermaslik va o‘z vaqtida qaror qabul qilish muhim. Biz mijozlarning o‘z transportiga bo‘lgan ehtiyojini hisobga oldik, bu logistikani optimallashtiradi, yetkazib berishni tezlashtiradi va faoliyat ko‘lamini kengaytiradi. InfinBANK biznes ehtiyojlarini yaxshi tushunadi va avtoparkni yangilash imkonini beradigan hamyonbop, rivojlanishni esa ishonchli va barqaror qiladigan adolatli shartlarni taklif etadi. Bu biznesingizni ortiqcha to‘lovlar va xarajatlarsiz doim harakatda bo‘lishini ta’minlash imkoniyatidir."

Batafsil ma’lumotni www.infinbank.uz saytidan, InfinBANKning barcha filiallaridan yoki 71 202 50 80 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

InfinBANK — biznesni rivojlantirishda ishonchli hamkoringiz.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.