InfinBANK “KEY TECH: chakana savdo va elektron tijoratda sun’iy intellekt” xalqaro anjumanida sun’iy intellekt yechimlarini taqdim etdi
2025-yil 13-noyabr, Тoshkent. Mamlakatning eng ilg‘or texnologik banklaridan biri bo‘lgan InfinBANK “KEY TECH: chakana savdo va elektron tijoratda sun’iy intellect” xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Bank unda chakana bank xizmatlarida sun’iy intellektdan foydalanishning innovatsion yondashuvlarini taqdim etdi.

InfinBANK’ning sun’iy intellektni rivojlantirish departamenti direktori Aziz Siyayev "Sun’iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda" mavzusida nutq so‘zlab, sun’iy intellekt texnologiyalari InfinBANK ekotizimiga qanday joriy etilayotgani, raqamli transformatsiyaning qanday real holatlari allaqachon amalga oshirilgani va sun’iy intellekt mijozlar uchun qanday yangi imkoniyatlar ochayotgani haqida so‘zlab berdi.
"Biz uchun sun’iy intellekt shunchaki texnologiya emas, balki mijozlarni chuqurroq tushunish va ularning bank bilan muloqotini osonroq va qulayroq qilish usulidir. Biz inson uchun ishlaydigan raqamli yechimlarni yaratmoqdamiz, aksincha emas," - dedi Aziz Siyayev.

InfinBANKning KEY TECH konferensiyasidagi ishtiroki bankning raqamli innovatsiyalar sohasidagi rivojlanish yo‘nalishini va professional hamjamiyat bilan tajriba almashish istagini tasdiqlaydi.
