Kitob olib keling va bolalarga bilim bag'ishlang
.png.webp)
Hurmatli mijozlar!
InfinBANK butun mamlakatimiz bo‘ylab mahallalarda bolalarning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun zamonaviy, qulay va ochiq muhitlarni yaratishga qaratilgan "Kelajak kutubxonalari" ijtimoiy tashabbusini amalga oshirishni davom ettirmoqda.
Bugungi kungacha Toshkentda 4 ta kutubxona ochildi va endi bizning maqsadimiz ularning kitob jamg‘armalarini turli yoshdagi bolalar uchun sifatli, qiziqarli va foydali adabiyotlar bilan boyitishdir.
Raqamli texnologiyalar davrida asl qog‘oz kitoblarni o‘qishga bo‘lgan muhabbatni asrab qolish alohida ahamiyatga ega. Aynan kitoblar tasavvur, e’tibor va tanqidiy fikrlashni shakllantirishga yordam beradi. Bu xususiyatlarni ekrandan "yuklab olish" mumkin emas.
Sizni loyihamizning bir qismi bo‘lishga va bolalarga bilim ulashishga taklif etamiz!
Qanday kitoblar olib kelish mumkin:
• Yaxshi saqlangan bolalar kitoblari (0-16 yosh uchun)
• Moliyaviy savodxonlik, shaxsiy rivojlanish, mantiq va psixologiya bo‘yicha kitoblar
• Ertaklar, ensiklopediyalar, rivojlantiruvchi va o‘quv qo‘llanmalar
To‘plash muddati:
2025-yil 19-dekabrgacha
Kitoblarni qoldirish joyi: Toshkentdagi barcha bank filiallarida.
Kitoblaringiz bolalar uchun qulay va foydali makonning ajralmas qismiga aylanadi, bu yerda har bir bola o‘qishi, o‘rganishi, orzu qilishi va aqlini rivojlantirib borishi mumkin.
Keling, kitoblar orqali kelajakka birgalikda hissa qo‘shaylik!
