InfinBank tadbirkor ayollar uchun "Tadbirkor ayol hamrohi" yangi kredit mahsulotini taqdim etadi
.png.webp)
InfinBank kichik va o‘rta biznesni boshqarayotgan ayollar uchun maxsus kredit mahsulotini yo‘lga qo‘ymoqda. "Tadbirkor ayol hamrohi" nomli kredit mamlakatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznesning barqaror o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bank kreditlash shartlarini sezilarli darajada takomillashtirdi: foiz stavkasi pasaytirildi va kreditlash muddati 7 yilgacha uzaytirildi. Bu esa tadbirkor ayollar uchun oylik to‘lovlarni ancha qulaylashtirdi va arzonlashtirdi.
"Tadbirkor ayol hamrohi" dasturining asosiy afzalliklari:
• Qat’iy belgilangan foiz stavkasi — 21,99%
• Kredit muddati 7 yilgacha
• Maksimal summa — 1,65 mlrd so‘m
• Kredit ayol kishi direktor yoki mulkdorlardan biri bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalariga taqdim etiladi.
Voqeaga izoh berar ekan, InfinBANK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Alesya Frolova shunday dedi: "Dasturning ishga tushirilishi InfinBank’ning ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va eng dadil biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay moliyaviy vositalarni yaratishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi."
Yanada batafsil ma’lumot veb-saytda va +998 (71) 202 50 80 telefon raqami orqali.
