InfinBANK Chevrolet Captiva avtomobili uchun 0% dan 18,5 gacha qulay foiz stavkalarida avtokreditlash dasturini yo‘lga qo‘ymoqda
InfinBANK UzAuto Motors bilan birgalikda har bir odamga avtomobilni oson, unumli va hamyonbop shartlarda xarid qilish imkonini beradigan unikal avtokreditlash dasturini taqdim etadi. Endi siz byudjetga ortiqcha yuklamasiz va yillik 0% dan 18,5% gacha foiz stavkasida yangi Chevrolet Captiva avtomobiliga ega bo‘lishingiz mumkin.
Dastur 10 oydan 60 oygacha bo‘lgan kredit muddatini moslashuvchan tanlash, shuningdek, boshlang‘ich to‘lovning maqbul miqdorini tanlash imkoniyatini taqdim etadi. Boshlang‘ich to‘lovingiz qancha yuqori bo‘lsa, shartlar shuncha unumli bo‘ladi: minimal stavkalar va orzungizdagi avtomobilga tezda erishish imkoni. Foiz stavkasi 0% dan 18,5% gacha, boshlang‘ich to‘lov miqdori va kredit muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
"Biz avtomobil sotib olish quvonch keltirsin deymiz. Yangi dasturimiz har bir mijozga o‘ziga mos shartlarni tanlash va avtomobil uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz qulay tarzda to‘lash imkonini beradi," - deb ta’kidladi InfinBANK chakana biznes departamenti direktori Inomjon Usmonov.
Batafsil ma’lumotni saytdan va 1214 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.
InfinBANK bilan yangi avtomobil orzusi bugunoq ro‘yobga chiqadi!
