2026 yil 19 yanvardan boshlab korporativ tariflar yangilanadi
Hurmatli mijozlar!Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026 yil 19 yanvardan boshlab InfinBANK tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank mahsulotlari hamda xizmatlariga doir yangilangan korporativ tariflar kuchga kiradi.
Yangilangan tariflar Bankning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladi. Yangi tariflar tahriri bilan oldindan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz. Barcha savollar bo‘yicha shaxsiy menejeringizga yoki Bankning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hamkorlik va Bankimizga bo‘lgan ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
