“InFinBank” AJ Vena shahrida bo‘lib o‘tgan forumda xalqaro hamkorlikni mustahkamladi

“InFinBank” AJ Vena shahrida bo‘lib o‘tgan forumda xalqaro hamkorlikni mustahkamladi

“InFinBank” AJ Vena shahrida bo‘lib o‘tgan forumda xalqaro hamkorlikni mustahkamladi

"InFinBank" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari R.A. Karimov boshchiligidagi delegatsiya Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy va Sharqiy Yevropa 2026 forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida yetakchi xalqaro moliya institutlari, jumladan, Raiffeisen Bank International, LBBW, Helaba, ODDO BHF, DZ Bank va ICBC Standard Bank vakillari bilan ishchi uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi.


Muhokamalar chog‘ida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan:

  • korrespondentlik aloqalarini rivojlantirish;

  • savdo va loyihaviy moliyalashtirish;

  • kastodial hisobvaraqlarni ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;

  • derivativ va boshqa moliyaviy vositalardan foydalanish.


Hamkorlarimizga ochiq va konstruktiv muloqot, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirgani uchun minnatdorlik bildiramiz.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.