Korporativ mijozlar uchun ERIni onlayn olish va boshqarish
InfinBANK elektron raqamli imzoni onlayn boshqarish imkoniyati mavjudligi haqida maʼlum qiladi.
Endi mijozlar masofadan turib ERIning amal qilish muddatini uzaytirish, yangi kalitlar olish, shuningdek mobil ilovaga kirish uchun QR koddan foydalanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, xodimlarning ERI kalitlarini onlayn tarzda qo‘shish va o‘chirish funksiyasi ham mavjud.
Servisdan "Kompaniyani boshqarish" bo‘limida foydalanish mumkin.
Barcha savollar bo‘yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 (71) 202 50 80.
