Ehtiyotkor bo‘ling va ma’lumotlaringizni himoya qiling

Ehtiyotkor bo‘ling va ma’lumotlaringizni himoya qiling

Ehtiyotkor bo‘ling va ma’lumotlaringizni himoya qiling

InfinBANK mijozlarni o‘zini bank xodimi deb ko‘rsatib, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinayotgan firibgarlarning faollashuvi haqida ogohlantirmoqda. Bankning haqiqiy xodimlari hech qachon karta raqamlari, CVV-kodlar, parollar, SMS-kodlar yoki mobil ilovadan foydalanish uchun login ma’lumotlarini so‘ramaydi.

Agar kimdir bunday ma’lumotlarni talab qilsa, ular firibgarlardir. Mablag‘laringizni himoyalash uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga bermang, shubhali havolalarga kirmang va notanish odamlarning iltimosiga ko‘ra ilovalarni o‘rnatmang.

InfinBANK ta’kidlaydi, ma’lumotlaringiz xavfsizligi — moliyaviy mablag‘laringizni himoya qilishning asosiy poydevori.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.