Sizning xavfsizligingiz — ustuvor vazifamiz
InfinBank mijozlarni himoya qilish tizimini muntazam ravishda kuchaytirmoqda va mablag‘laringiz ishonchli nazorat ostida qolishi uchun xavfsizlik mexanizmlarini yangilab bormoqda.Buning uchun quyidagilar joriy etilgan:
— mobil ilovaning qo‘shimcha antivirus himoyasi;
— shubhali harakatlarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi monitoring tizimi;
— alohida pul o‘tkazmalariga belgilangan limitlar;
— firibgarlikning oldini olish maqsadida xalqaro operatsiyalarga va ilovadan chet elda foydalanishga bo‘lgan cheklovlar.
Mablag‘laringizni xavfsizlikda saqlashni va xatarlarni kamaytirishga qaratilgan himoyani takomillashtirishda davom etmoqdamiz.
Eslatib o‘tamiz: hech qachon va hech kimga, hatto o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ham, SMS tasdiqlash kodlarini bermang.
