InfinBANKda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

InfinBANKda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

InfinBANKda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish va bank faoliyatida shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir InfinBANK tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminar korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, sohada amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, "Aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining ochiqligi va shaffofligi, soha xodimlarining fuqarolar murojaatlariga munosabat bildirish madaniyati" kabi dolzarb masalalar bo‘yicha tayyorlangan tahliliy materiallar asosida tashkil etildi.

Uchrashuvda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishning amaliy mexanizmlari, bank xizmatlarini ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning ichki tartib-qoidalar va qonunchilik talablariga rioya etish mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Markaziy bankning Toshkent shahri vakili va InfinBANK rahbariyatining ishtirok etishi korrupsiyaga qarshi kurashda yuqoridan boshlab shaxsiy namuna ko‘rsatishga xizmat qildi. Shuningdek, komplayens nazorat xizmati xodimlari va barcha hududiy bo‘linmalarning rahbar xodimlari ham qatnashdi. Mijozlarning murojaatlariga munosabat bildirish madaniyatini rivojlantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar Toshkentdagi bank ma’muriy binosida o‘tkazilib, bank faoliyatiga halollik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarning bir qismiga aylandi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi bankning korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik, ochiqlik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga so‘zsiz sodiqligining ifodasidir.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.