Pul bugunoq zarur bo‘lganda: InfinBANK qanday mikroqarzlarni taklif qiladi va ular kim uchun mos?

Pul bugunoq zarur bo‘lganda: InfinBANK qanday mikroqarzlarni taklif qiladi va ular kim uchun mos?

Pul bugunoq zarur bo‘lganda: InfinBANK qanday mikroqarzlarni taklif qiladi va ular kim uchun mos?

Ba’zan moliyaviy qarorlarni keyinga qoldirib bo‘lmaydi. Kichik biznesni boshlash, ish uchun asbob-uskuna sotib olish, shoshilinch masalani hal etish yoki ancha vaqtdan beri o‘z fursatini kutayotgan g‘oyani amalga oshirish kerak bo‘ladi. 

Aynan shunday holatlar uchun banklar mikromoliyalashtirish, ya’ni jismoniy shaxslar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun tezkor va ommabop qarzlar yo‘nalishini rivojlantirmoqda. 

InfinBANK’da ta’kidlashlaricha, bugungi kunda mikroqarzlar shunchaki moliyaviy ko‘mak emas, balki rivojlanish vositasiga aylanib bormoqda. Bu, ayniqsa, o‘zi uchun ishlaydiganlar yoki shaxsiy biznesini endigina boshlayotganlar uchun muhimdir. 

Keling, bank qanday turdagi mikroqarzlarni taklif qilishini va ularning o‘ziga xos jihatlari nimada ekanini ko‘rib chiqamiz. 

Infin Qadam mikroqarzi: oldinga qadam tashlayotganlar uchun 

Ushbu mahsulotning nomi “qadam” deb tarjima qilinadi va bu haqiqatan ham hayot yoki biznesdagi keyingi qadam uchun vositadir. 

Infin Qadam mikroqarzi birinchi navbatda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan: hunarmandlar, tadbirkorlar, xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari. 

Asosiy shartlar:

  • summa — 300 mln so‘mgacha
  • muddati — 60 oygacha
  • foiz stavkasi — yillik 25,99%
  • asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr — 1 oy 

Mablag‘lardan biznesni rivojlantirishdan tortib shaxsiy moliyaviy vazifalargacha bo‘lgan har qanday maqsadlarda foydalanish mumkin. 

Ariza yetarlicha tez ko‘rib chiqiladi: qaror bir necha kun ichida qabul qilinadi va mablag‘lar mijozning kartasiga o‘tkaziladi. 

Klassik mikroqarz: barqaror daromad uchun yechim 

Bank rasmiy bandlik va barqaror daromadga ega bo‘lgan mijozlarga klassik mikroqarz taklif qiladi. 

Bu variant quyidagi xarajatlari uchun nisbatan kichikroq mablag‘ga ehtiyoj sezadiganlarga mos keladi:

  • ta’mirlash ishlari
  • texnika xaridi
  • maishiy moliyaviy masalalarni hal qilish
  • oilaviy yirik xarajatlar 

Mahsulot shartlari:

  • summa — 100 mln so‘mgacha
  • muddati — 36 oygacha
  • stavka — yillik 28,99%
  • imtiyozli davr — 1 oy 

Rasmiylashtirish uchun joriy joyda kamida 6 oylik ish stajiga va ish haqi kartasi bo‘yicha daromadni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish kerak. 

Bankda ta’kidlashlaricha, muhim afzalliklaridan biri bo‘lib qarzni komissiya va jarimalarsiz muddatidan oldin to‘lash imkoniyati hisoblanadi. 

Ozini ozi band qilganlar uchun mikroqarz: yangi iqtisodiyotni qollab-quvvatlash

O‘zini o‘zi band qilish — eng tez rivojlanayotgan ish shakllaridan biridir.

Frilanserlar, hunarmandlar, xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari, onlayn tadbirkorlar — bularning barchasi daromad mavjud bo‘lgan, ammo u har doim ham klassik mehnat daftarchasi bilan tasdiqlanmaydigan yangi iqtisodiyotni shakllantiradi.

Aynan shunday mijozlar uchun InfinBANKda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mo‘ljallangan maxsus mikroqarz amal qiladi. 

Asosiy parametrlar:

  • summa — 300 mln so‘mgacha
  • muddati — 60 oygacha
  • stavka — yillik 26,99% 

Asosiysi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini tasdiqlash va barqaror daromadga ega bo‘lish shart. 

Bu mahsulot o‘zi uchun ishlaydiganlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • uskunalarga sarmoya kiritish
  • faoliyatni kengaytirish
  • yangi loyihalarni ishga tushirish
  • murakkab jarayonlarsiz moliyaviy masalalarni hal qilish. 

Mikroqarzlar nima uchun ommalashmoqda? 

Mutaxassislar bunday mahsulotlarga qiziqish ortishining bir necha sabablarini ta’kidlaydilar: 

1. Tezlik

Ariza bir necha kun ichida ko‘rib chiqiladi. 

2. Moslashuvchanlik

Mablag‘lardan deyarli har qanday maqsadda foydalanish mumkin. 

3. Ommaboplik

Moliyalashtirishdan nafaqat yollanma xodimlar, balki o‘zini o‘zi band qilganlar ham foydalana oladi. 

4. Muddatidan oldin to‘lash imkoniyati

Mijoz kreditni qo‘shimcha to‘lovlarsiz ertaroq yopishi mumkin. 

Rivojlanish uchun moliyaviy vosita 

Bugungi kunda mikroqarzlar shunchaki “kichik kreditlar” degani emas. Aksariyat odamlar uchun bu — haqiqiy o‘sish vositasi, uzoq kutishlarsiz o‘z ishini boshlash, faoliyatini kengaytirish yoki muhim hayotiy masalalarni hal qilish imkoniyatidir. 

InfinBANK’da ta’kidlashlaricha, bunday mahsulotlarning asosiy maqsadi — turli bandlik shakliga ega bo‘lgan insonlar uchun moliyalashtirishni qulay va ommabop qilish. Bu esa har bir insonga o‘zining navbatdagi qadamini qo‘yishga imkon berish demakdir.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.