InfinBANK UZCARD va HUMO kartalarini bepul ochish aksiyasi boshlanganini e’lon qildi
InfinBANK yangi mijozlar uchun maxsus aksiya boshlanganini ma’lum qildi. 2026-yilning 27-martidan 15-apreliga qadar UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bank kartalarini ochish uchun komissiya to‘lovisiz rasmiylashtirish mumkin.Aksiya faqat avval InfinBANK kartasiga ega bo‘lmagan yangi mijozlar uchun amal qiladi. Taklif doirasida kartani chiqarish uchun komissiya 0 so‘mni tashkil etadi.
Kartani mamlakatimiz bo‘ylab bankning barcha filiallarida rasmiylashtirish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mijozlar 1214 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
