InfinBANK avtomobillar va eng zamonaviy gadjetlar o‘ynaladigan keng ko‘lamli aksiyani boshlaydi

InfinBANK avtomobillar va eng zamonaviy gadjetlar o‘ynaladigan keng ko‘lamli aksiyani boshlaydi

InfinBANK avtomobillar va eng zamonaviy gadjetlar o‘ynaladigan keng ko‘lamli aksiyani boshlaydi

InfinBANK bir yil davom etadigan “O‘z vaqtida to‘lang va yutib oling!” nomli keng ko‘lamli aksiyaga start berilganini e’lon qiladi. Aksiya doirasida mijozlar zamonaviy gadjetlardan tortib, yangi avtomobillargacha bo‘lgan qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishlari mumkin. Unda ishtirok etishga hamma ulguradi!

Aksiyaning asosiy g‘oyasi juda oddiy: InfinBLACK kredit kartasi yoki InfinBARAKA muddatli to‘lov kartasidan foydalaning, qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndiring va avtomatik tarzda yutuqli o‘yinlar ishtirokchisiga aylaning.

Bosh sovrinlar — avtomobillar

Yil davomida InfinBANK 4 ta BYD Yuan Up avtomobilini o‘ynaydi. O‘yinlar har chorakda bir marta bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda o‘tkaziladi.

Har oy — yangi g‘oliblar

Super sovrinlardan tashqari, mijozlarni har oylik gadjetlar o‘yini kutmoqda:

  • 12 ta Apple iPhone 17 Pro Max smartfoni;

  • 12 ta iPad 16A plansheti;

  • 12 ta AirPods 4.

Har oyda — 3 nafar g‘olib, aksiya davomida jami 36 ta gadjet o‘ynaladi.

Ishtirok etish shartlari

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagilar kifoya:

  • bank mijozi va kredit kartasi yoki muddatli to‘lov kartasi (InfinBLACK yoki InfinBARAKA) egasi bo‘lish;
  • bankning Instagram sahifasiga obuna bo‘lish;
  • kredit karta yoki muddatli to‘lov kartasidan foydalanish;
  • qarzlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida to‘lash.

Qanchalik faol bo‘lsangiz, imkoniyatlar soni shunchalik ortadi

Ishtirokning har bir oyi uchun bitta yutish imkoniyati hisoblanadi. Aksiya davomida jami 12 tagacha imkoniyat to‘plash mumkin. To‘plangan imkoniyatlar soni haqidagi ma’lumot mijozlarga har oy InfinBank mobil ilovasidagi xabarnoma orqali yuboriladi.

Muhim: muddati o‘tgan qarzdorlikning yo‘qligi ishtirok etishga bevosita ta’sir qiladi — intizomli mijozlar yutib olish uchun maksimal imkoniyatga ega bo‘ladilar.

To‘liq shaffoflik

Barcha yutuqli o‘yinlar g‘oliblarni tasodifiy tanlash algoritmi yordamida jonli efirda o‘tkaziladi. Jarayon bank ishchi guruhi tomonidan qayd etiladi va nazorat qilinadi.

Nima uchun hozir ishtirok etish kerak?

  • murakkab shartlarni bajarish kerak emas — siz shunchaki kartadan odatdagidek foydalanasiz;
  • har bir mijozda yutib olish imkoniyati bor;
  • o‘yinlar muntazam o‘tkaziladi — siz bir marta emas, balki butun yil davomida ishtirok etasiz;
  • haqiqiy, ommabop sovrinlar.

Аksiya 2027-yil 31-mart oxirigacha davom etadi.

InfinBANK bilan birga to‘lovlar qiling, qarzdorlikni so‘ndiring, yutuqlarga ega bo‘ling va, ehtimol, aynan siz bu yil yangi avtomobilni haydab ketishingiz mumkin!

Aksiya qoidalari
Aksiya qoidalari

pdf(242 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.