InFinBank va Yevropaning moliyaviy guruhi ODDO BHF strategik hamkorlikni boshlaganini e’lon qildi

InFinBank va Yevropaning moliyaviy guruhi ODDO BHF strategik hamkorlikni boshlaganini e’lon qildi

InFinBank va Yevropaning moliyaviy guruhi ODDO BHF strategik hamkorlikni boshlaganini e’lon qildi

Toshkent, O‘zbekiston – «InFinBank» AJ Germaniya/Fransiyadagi yetakchi mustaqil Yevropa moliyaviy guruhi ODDO BHF bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Ushbu qadam bankning xalqaro ishtirokini kengaytirish hamda mijozlarga ilg‘or moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan.

Hamkorlikning boshlang‘ich bosqichi doirasida banklar muvaffaqiyatli tarzda shartnomaviy munosabatlarini o‘rnatdilar, shu bilan birga tomonlar likvidlikni samarali boshqarish hamda banklararo bozorda vositalar turini kengaytirishga qaratilgan dastlabki g‘aznachilik amaliyotlarini boshladilar.

Muloqot jarayonida tijoriy moliyalashtirishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi paytda har ikki bank mutaxassislari istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilmoqda.


ODDO BHF toʻgʻrisida ma’lumot:

ODDO BHF — Yevropadagi yetakchi mustaqil moliyaviy guruhlardan biri bo‘lib, uning tarixi 170 yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga oladi. Guruh Germaniya, Fransiya va Shveytsariyada faoliyat yuritadi hamda xususiy bank xizmati (Private Banking), aktivlarni boshqarish (Asset Management) va korporativ-investitsion bank xizmatlariga ixtisoslashgan faoliyat olib boradi. ODDO BHF o‘rta biznes va oilaviy korxonalar uchun muhim hamkor bo‘lib, Yevropa bozorlarida chuqur ekspertiza va innovatsion moliyaviy yechimlarni taklif etadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.