Munosabat
InfinBANK xodimining og‘ir jinoyat sodir etganiga oid mudhish xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Dastlabki tergovga ko‘ra, joriy yilning 30-mart kuni tushlik vaqtida bank hududidan tashqarida “InFinBank” AJ Qo‘qon filiali xodimi A.T. tanishi S.E. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazgan va jabrdiydani kanalga tashlab yuborgan. Hozirda jabrdiydani topish bilan bog‘liq qidiruv-tergov ishlari davom etmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tergov organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda hamda jinoyatni sodir etilishiga sabab bo‘lgan holatlar tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlik kiritiladi. Qo‘shimcha tafsilotlarni faqat tergov va sud organlaridan olinishi lozimligiga e'tibor qaratamiz.
OAV va ijtimoiy tarmoq vakillaridan holatni “InFinBank” AJ faoliyati bilan bog‘lamasliklarini, bu orqali fuqarolar o‘rtasida va jamiyatda Bankka nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga zamin yaratmasliklarini so‘rab qolamiz.
Bu mudhish voqea yuzasidan Bank va filial jamoasi chuqur qayg‘uda ekanligini bildirib qolamiz.
