InfinBANK Madina Kasimbayeva so‘zanalarining ijodiy namoyishini qo‘llab-quvvatladi.
InfinBANK taniqli Toshkentlik hunarmand Madina Kasimbayevaning ijodiy ko‘rgazmasiga bosh homiy bo‘ldi. Tadbir uning muzey-mualliflik galereyasida bo‘lib o‘tdi.
.png.webp)
Tadbir doirasida yangi ishlardan parchalar namoyish etildi. Ularda an’anaviy o‘zbek kashtachiligi zamonaviy dizayn talqinida aks ettirildi. Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari, dizaynerlar hamda ishbilarmon doira vakillarini birlashtirgan yorqin madaniy voqeaga aylandi.
.png.webp)
Madina Qosimbayeva o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan bo‘lib, unda milliy naqshlar, chuqur ramziylik va zamonaviy badiiy yechimlar uyg‘unlashgan. Uning ishlari nafaqat madaniy merosni asrab qoladi, balki uni qayta talqin qilib, zamonaviy moda va interyerda ham dolzarb qiladi.
.png.webp)
Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash InfinBANKning madaniy va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Bank O‘zbekiston milliy merosini asrash va ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarning doimiy hamkori sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.
.png.webp)
“InfinBANK iste’dodli ustalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan faxrlanadi. Ular nafaqat an’analarni saqlab qoladi, balki ularga yangi mazmun bag‘ishlaydi. Bunday loyihalar mamlakatning madaniy qiyofasini shakllantiradi va kreativ sanoatlarning rivojlanishiga ilhom beradi”, — dedi InfinBANK marketing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Elvira Gimadiyeva.
.png.webp)
San’at vakillari bilan hamkorlik bankning nafaqat moliyaviy institut, balki mamlakat madaniy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lishga intilishini ham aks ettiradi.
.png.webp)
Ko‘rgazma o‘zbek hunarmandchiligi an’analari yashab kelayotgani va rivojlanishda davom etib, yangi auditoriya orasida ham qiziqish uyg‘otayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
.png.webp)
