Press-reliz

Press-reliz

Press-reliz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi “Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni bilan 2026 yil uchun Ipoteka dasturi qabul qilingan.

Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan 40 121 nafar fuqaroga ajratilgan 12 250,2 mlrd so‘mlik ipoteka kreditlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirilishi belgilangan. Bundan tashqari, ipoteka kreditlari bo‘yicha Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning umumiy hajmi 2 701,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shundan 900,0 mlrd so‘mi 30 000 nafar fuqaroni uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badalni qisman qoplash shaklida qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu dasturni samarali amalga oshirish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "InFinBank" AJ o‘rtasida quyida keltirilgan tashabbuslarni o‘z ichiga olgan Hamkorlik memorandumi imzolandi:

- har yilgi davlat dasturlari doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ipoteka bozoriga moliyaviy resurslarni jalb etish;

- ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;

- o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik uchun barqaror institutsional bazani shakllantirish.

Bugungi kunda ipoteka dasturida ishtirok etayotgan tijorat banklari soni 15 tani tashkil etadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "InFinBank" AJ o‘rtasida imzolangan memorandum bilan ularning soni 16 taga yetdi.

"Infinbank" AJ uy-joy arzonligini oshirish va aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan davlat tashabbuslarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlaydi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.