«InfinBank» AJ Samarqand filialida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

«InfinBank» AJ Samarqand filialida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

«InfinBank» AJ Samarqand filialida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

«Global Money Week» xalqaro haftaligi doirasida «InfinBank» AJ Samarqand filiali tomonidan 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun maxsus «Ochiq dars» tashkil etildi.

Uchrashuv davomida bank mutaxassislari o‘quvchilarga moliyaviy savodxonlik asoslari, pul mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlash va jamg‘arish sirlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashishdi. Mashg‘ulotning bosh maqsadi — yoshlarda bolalikdanoq oqilona moliyaviy xulq-atvorni va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga «InfinBank»ning esdalik va foydali sovg‘alari ulashildi. Yosh avlodning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash — muvaffaqiyatli kelajak garovidir!

   
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.