InfinBank Humo va Uzcard kartalariga “Золотая Корона” pul o‘tkazmalarini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

InfinBank Humo va Uzcard kartalariga “Золотая Корона” pul o‘tkazmalarini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

InfinBank Humo va Uzcard kartalariga “Золотая Корона” pul o‘tkazmalarini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

30-apreldan boshlab pul o‘tkazmalarini bevosita Infinbank yoki Korona ilovasida onlayn tarzda qabul qilish mumkin.

InfinBank “Золотая Корона” tizimi orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Endi bank mijozlari o‘tkazmalarni nafaqat Visa kartalariga, balki InfinBank tomonidan chiqarilgan Humo va Uzcard milliy to‘lov tizimlari kartalariga ham bevosita o‘tkazishlari mumkin.

Asosiy afzalligi shundaki, butun jarayon mobil ilovada to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. O‘tkazmani bank ofisiga bormasdan, istalgan vaqtda qabul qilish mumkin.

 

Bu pul mablag‘larini olishni yanada oson va qulay qiladi:

— bank bo‘limiga kelishingiz shart emas

— mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada, komissiyasiz qabul qilinadi

— pul o‘zingiz odatlangan kartaga kelib tushadi

— tez va xavfsiz

 

Pul o‘tkazmasini olish tartibi:

1.       InfinBank mobil ilovasini oching

2.       “Золотая Корона” bo‘limini tanlang

3.       Kartani tanlang (Humo, Uzcard yoki Visa)[BM1]

4.       Pulni bir necha daqiqada onlayn oling

 

Shuningdek, kartalarni to‘ldirish uchun quyidagi limitlar amal qiladi:

Bir mijoz uchun minimal tranzaksiya miqdori – 1 000 so‘m

Bir mijoz uchun maksimal tranzaksiya miqdori – 20 600 000 so‘m

Bir mijoz uchun o‘tkazmalarning maksimal summasiga oid oylik limit – 206 000 000 so‘m

InfinBank raqamli xizmatlarni rivojlantirishda davom etmoqda. Siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar moliyaviy operatsiyalarni yanada oson, tez va qulayroq amalga oshirishingiz mumkin.



 [BM1]Переводы на виза только в доллорах




×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.