InFinBank va Oriyonbonk komplayens hamda moliyaviy tavakkalchiliklarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

InFinBank va Oriyonbonk komplayens hamda moliyaviy tavakkalchiliklarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

InFinBank va Oriyonbonk komplayens hamda moliyaviy tavakkalchiliklarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

InFinBank AJ Tojikistonning Oriyonbonk OAJ delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiya hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

2026-yilning 27–29-aprel kunlari Oriyonbonk OAJning Komplayens nazorati xizmati hamda AT bo‘linmasi rahbar va mutaxassislari firibgarlikka, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (AML) qarshi kurashish, shuningdek, "o‘z mijozingni bil" (KYC) tamoyilini tatbiq etish amaliyotlarini o‘rganish maqsadida InFinBank’ka tashrif buyurdi.



Tashrif doirasida tomonlar quyidagilarni muhokama qildi:
— firibgarlik amaliyotlarini aniqlash va ularning oldini olish usullari;
— firibgarlikka qarshi kurashish (anti-fraud) funksiyalarini yaratish va rivojlantirishga doir yondashuvlar;
— regulyator talablari va raqamli kanallarning rivojlanishini hisobga olgan holda AML va KYC amaliyotlari;
— ixtisoslashtirilgan tizimlarni joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy keyslar.

Oriyonbonk OAJ vakillari InFinBank’ning joriy yechimlari va ilg‘or tajribalari bilan tanishib, raqamlashtirish darajasining yuqoriligi hamda tavakkalchiliklarni boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv mavjudligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilib, sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.