InfinBankdan rasmiy munosabat

InfinBankdan rasmiy munosabat

InfinBankdan rasmiy munosabat

Bankomat faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaatga InfinBank munosabat bildiradi.

Murojaat InfinBank tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida joriy yilning 18-may kuni Bankning aloqa markaziga mijoz tomonidan bankomatda karta qolib ketgani yuzasidan murojaat kelib tushgani aniqlandi. Mazkur murojaat mas’ul xodimlarga yetkazilgan va karta o‘sha kunning o‘zida Bankning Amaliyotlar boshqarmasiga keltirilgan.

Mijoz bilan qayta bog‘lanish jarayonida telefon raqami bilan bog‘liq texnik sabablar tufayli aloqa o‘rnatish imkoni cheklangan. Mijozning 22-may kuni yo‘llagan qayta murojaati asosida 25-may kuni u bilan bog‘lanilib, kartasi yetkazib berildi hamda Bank nomidan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raldi.

InfinBank mijozlarga qulay, xavfsiz va barqaror bank xizmatlarini taqdim etishni o‘z faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi.
 
Bank tomonidan bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va xizmatlar qamrovini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda InfinBank tarmog‘ida 1450 ta bankomat faoliyat yuritmoqda. Shundan 750 tasi 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida xarid qilingan bo‘lib, mazkur yangilanishlar aholiga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Bank tomonidan bankomatlar faoliyatini barqarorlashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
 
Shu bilan birga, aloqa markazi faoliyati va texnik mutaxassislar ishini yanada samarali tashkil etish orqali mijozlar murojaatlariga tezkor va sifatli javob berish tizimi kuchaytirib borilmoqda.

Biz har bir mijoz murojaatini bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan muhim omil sifatida qabul qilamiz. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishda davom etamiz.
 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun mijozlarimizdan uzr so‘raymiz hamda ularning ishonchi, murojaatlari va sabr-toqati uchun minnatdorlik bildiramiz.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.