Rasmiy bayonot
Xorazm viloyati filialimiz kassasida 2026-yil 16-mart kuni naqd pul bog‘lamini shakllantirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelgani aniqlangan.
Xizmat tekshiruvi davomida mas’ul kassir tomonidan 2000 so‘mlik kupyuralarni bog‘lash vaqtida kamchilikka yo‘l qo‘yilgani va natijada 200 000 so‘m miqdorida tafovut yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur ortiqcha mablag‘ bankning tegishli hisob raqamiga kirim qilingan.
Shuni ma’lum qilamizki, video kuzatuvda aks etgan ushbu pul bog‘lamini olgan mijoz Xorazm viloyati filialimizga murojaat qilgan taqdirda, aniqlangan kamomad amaldagi tartib asosida bank tomonidan qoplab beriladi.
InfinBank mijozlar ishonchi va xizmat sifati masalalariga doimo mas’uliyat bilan yondashadi.
