Rasmiy bayonot
2026-yil 20-may kuni Qo‘qon filialimizga murojaat qilgan mijoz tomonidan taqdim etilgan AQSh dollaridagi ayrim kupyuralarda siyqalanish, yozuv va shtamp izlari mavjudligi aniqlangan.
Amaldagi qonunchilik va bank tariflariga muvofiq, mazkur shikastlangan valuta banknotalarini 5% komissiya asosida almashtirib berish taklif etilgan. Biroq mijoz ushbu xizmatdan foydalanishni rad etgan.
Mazkur holat bo‘yicha mijozga bank xodimlari hamda filial rahbariyati tomonidan amaldagi tartib va qoidalar yuzasidan batafsil tushuntirish berilgan.
InfinBank barcha operatsiyalarda qonunchilik va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qiladi.
