InfinBANK Xorazm filiali “Butunjahon pul haftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazdi.
“InfinBank” AJ Xorazm filialida Markaziy bank bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida filial boshqaruvchilari hamda korporativ biznes yo‘nalishi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga bank faoliyati, ish jarayonlari va zamonaviy bank xizmatlari amaliy tarzda tanishtirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan foydali ma’lumotlar berilib, bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.
.png.webp)
