Bank mijozlari e’tiboriga!
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 15-iyundan boshlab “Mustaqillik” bank xizmatlari markazi (BXM) o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Muhim ma’lumotlar:
• Xizmat ko‘rsatish: Barcha hisobvaraqlar Mustaqillik shoh ko‘chasi, 17B-uy manzilidagi Amaliyot boshqarmasiga yoki T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilidagi “Mirobod” bank xizmatlari markaziga (BXM) o‘tkaziladi.
• Shartnomalar: Avval tuzilgan barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi.
• Shartlar: Kredit va omonatlar bo‘yicha shartlar o‘zgarmaydi.
• Kartalar: Barcha bank kartalari avvalgidek ishlashda davom etadi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha savollar yuzasidan 1214 telefon raqamiga yoki saytdagi qo‘llab-quvvatlash chatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
