InFinBank Amerikaning yetakchi investitsiya banki Oppenheimer bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

InFinBank Amerikaning yetakchi investitsiya banki Oppenheimer bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

InFinBank Amerikaning yetakchi investitsiya banki Oppenheimer bilan hamkorlikni kengaytirmoqda



InFinBank vakillari AQShning yetakchi investitsiya banklaridan biri – Oppenheimer delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar strategik hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xalqaro kapital bozorlarida birgalikda ishlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, uchrashuv ishtirokchilari qarz vositalarini, jumladan, xususiy joylashtiruv formatidagi yevroobligatsiyalarni chiqarishni tashkil etish, shuningdek, xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, tomonlar bankning xalqaro moliya bozorlaridagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan reyting konsaltingi masalalarini hamda banklararo operatsiyalar samaradorligini oshirish va moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun kastodial hisobvaraq ochish istiqbollarini batafsil muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida InFinBank va Oppenheimer vakillari uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda bankning xalqaro mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.