InFinBank AJ va SEAF 5 million AQSh dollari miqdoridagi islomiy moliyalashtirish liniyasini jalb etish to‘g‘risida bitim imzoladi
TOSHKENT – 2026-yil 19-iyun – InFinBank AJ va SEAF (Small Enterprise Assistance Funds) xalqaro boshqaruv kompaniyasi 5 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha bitim tuzdi. Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston uchun Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi (EEFU – Economic Empowerment Fund for Uzbekistan) hisobidan, shariat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda, Murobaha bitimi (Murabaha agreement) tuzilmasi orqali 3 yil muddatga taqdim etiladi.
.png.webp)
Jalb etilgan resurslar to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznes (SME) sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ushbu tashabbus mamlakatimiz tadbirkorlarining muqobil moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantirish va respublika hududlarida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bitimning imzolanishi O‘zbekiston bank bozoriga ilg‘or islomiy moliyalashtirish mahsulotlarini joriy etish borasida moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.
.png.webp)
