InfinBANK O‘zbekistondagi biznesni moliyalashtirish uchun Yevroosiyo taraqqiyot bankidan (YeTB) 50 mln dollar jalb qildi.
InfinBANK YeTB bilan 50 mln AQSH dollari miqdorida qayta tiklanmaydigan kredit liniyasini jalb etish bo‘yicha bitim imzoladi. Bank ushbu investitsiyalarni o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga hamda mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
.png.webp)
YeTB va InfinBANK hamkorligi O‘zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlashga va uning turli tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan. Xususan, birinchi tranzaksiya doirasida ajratiladigan mablag‘lar mamlakatimizdagi yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan birining faoliyatini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Ushbu hamkorlik InfinBANKga uzoq muddatli kreditlar berish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Yangi kredit liniyasi yirik va kichik biznesning investitsiya loyihalarini hamda aylanma kapitalni barqaror moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Xalqaro taraqqiyot instituti bilan hamkorlik InfinBANKning yuksak ishonchliligini tasdiqlaydi va uning mamlakatdagi yetakchi tijorat banklaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.
