InfinBANK moliya texnologiyalari sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da ishtirok etadi.

InfinBANK moliya texnologiyalari sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da ishtirok etadi.

InfinBANK moliya texnologiyalari sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da ishtirok etadi.

24-26-avgust kunlari Toshkentdagi CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida bank sektori vakillari, fintex-kompaniyalar, texnologik yetakchilar, investorlar va soha mutaxassislarini birlashtiruvchi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Forumda ishtirok etish InfinBANKga yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish, moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga doir o‘z yondashuvlarini taqdim etish, shuningdek, dolzarb tendensiyalar va istiqbolli texnologik yechimlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar moliya sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladi:
  • bank xizmatlarining raqamli transformatsiyasi;
  • zamonaviy to‘lov texnologiyalari;
  • fintex va innovatsiyalarning kelajagi.
  • moliya sohasida sun’iy intellektdan foydalanish;
  • kiberxavfsizlik sohasidagi yechimlar.
Silk Road Finance & Technology Forum professional muloqot, bilim almashish hamda moliya bozori kelajagini shakllantirayotgan yechimlar bilan tanishish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting www.silkroadfinancetechnologyforum.com
  • 2026-yil 24–26-avgust
  • CAEx Uzbekistan, Toshkent
Birgalikda moliya texnologiyalari kelajagi hamda soha rivojining yangi imkoniyatlarini muhokama qilish uchun sizni Silk Road Finance & Technology Forum 2026 maydonchasida kutib qolamiz.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.