"Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalari InfinBANK ofislarida yana yo‘lga qo‘yildi

"Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalari InfinBANK ofislarida yana yo‘lga qo‘yildi

"Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalari InfinBANK ofislarida yana yo‘lga qo‘yildi

InfinBANK barcha bank filiallarida "Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalari tizimi faoliyati tiklanganini ma’lum qiladi. Mazkur xizmat yaqinlarga mablag‘ jo‘natish, shuningdek, xorijdan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun tezkor transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bank mijozlari hisobvaraq ochmasdan turib operatsiyalarni tezkor rasmiylashtirishlari mumkin. Xizmatlar to‘lov tizimining amaldagi tariflari hamda bankning xavfsizlik standartlariga muvofiq ko‘rsatiladi.

O‘tkazmani rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan InfinBANKning istalgan filialiga murojaat qilish zarur.

Tariflar va filiallar manzillari haqida qo‘shimcha ma’lumotni aloqa markazining 1214 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.