InfinBANK ustav kapitalini 2,24 trln so‘mgacha oshirmoqda
2026-yil 24-iyun kuni InfinBANK AJ Kuzatuv kengashi qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali bankning ustav kapitalini 800 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Ushbu qaror ijrosi natijasida InfinBANK’ning ustav kapitali 2,24 trln so‘mga yetkaziladi.
Bugungi kunga qadar qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi doirasida umumiy qiymati 300 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlar joylashtirildi. Emissiyaning qolgan 500 mlrd so‘mlik qismi belgilangan chiqarish shartlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya etilgan holda joylashtiriladi.
Ustav kapitalining oshirilishi InfinBANK’ning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, bankning biznesni yanada rivojlantirish va strategik vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarining bir qismidir.
