InfinBANK ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 101 yosh oila yangi uyli bo‘ldi

InfinBANK ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 101 yosh oila yangi uyli bo‘ldi

InfinBANK ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 101 yosh oila yangi uyli bo‘ldi

19-avgust kuni Qoraqalpog‘istonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 101 yosh oilaga yangi xonadonlar kaliti topshirildi.

Loyiha doirasida bank tomonidan hududning 18 ta manzilida uch xonali zamonaviy yakka tartibdagi uylar qurildi. Zarur maishiy sharoitlarga ega xonadonlar quyosh panellari bilan ham jihozlangan.

Tashabbus InfinBANK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasidagi uch tomonlama memorandum asosida amalga oshirildi.

«101 yosh oilaning o‘z uyiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish InfinBANK uchun muhim ijtimoiy natijadir. Bank odamlar hayotini amalda yaxshilaydigan va hududlar rivojiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi», — dedi InfinBANK ta’sischisi Farhod Mamatdjanov.

InfinBANK jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bunday ijtimoiy loyihalarda ishtirok etayotganidan faxrlanadi. Bank kelgusida ham aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni izchil amalga oshirishni maqsad qilgan.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.