21-avgust kuni InfinBANK Bosh ofisida fuqarolar uchun “Sayyor qabul” tashkil etildi
Uchrashuv doirasida bank vakillari tadbirkorlar va mijozlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, kelib tushgan murojaat, taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqdilar, shuningdek, bank xizmatlari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qildilar..png.webp)
Bunday uchrashuvlarni o‘tkazish InfinBANKning mijozlar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasidagi faoliyatining muhim qismidir.
.png.webp)
InfinBANK mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvni rivojlantirishda hamda tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bilan samarali muloqotni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
