InfinBANK Silk Road Finance & Technology Forum 2026 forumida ishtirok etdi
Toshkent shahrida bank sektori vakillari, fintex-kompaniyalar, texnologiya yetakchilari, investorlar va moliya sohasi ekspertlarini birlashtirgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
.png.webp)
InfinBANK professional muloqot, tajriba almashish hamda moliya bozorining rivojlanishini belgilovchi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish maydonchasiga aylangan ushbu forumda faol ishtirok etdi. Forum qatnashchilari InfinBANK stendida bankning dolzarb mahsulot va xizmatlari, shuningdek, biznes hamda korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bank vakillari tadbirkorlar va kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab, savollarga javob berdilar hamda bankning amaldagi takliflari yuzasidan ma’lumot taqdim etdilar.
.png.webp)
InfinBANKning texnologik yechimlariga alohida e’tibor qaratildi. Forum mehmonlari bankning sun’iy intellektga asoslangan yordamchisi bilan tanishish hamda sun’iy intellekt texnologiyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish uchun qanday qo‘llanilishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
.png.webp)
Shuningdek, forum doirasida moliya sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, bank xizmatlarining raqamli transformatsiyasi, zamonaviy to‘lov texnologiyalari, fintex va innovatsiyalarni rivojlantirish, moliya sohasida sun’iy intellektni qo‘llash hamda kiberxavfsizlikka oid yechimlar muhokama qilindi.
.png.webp)
Silk Road Finance & Technology Forum 2026 forumida ishtirok etish InfinBANK uchun moliya va texnologiya sektori vakillari bilan professional muloqotni kengaytirish, amaliy tajriba almashish hamda moliyaviy xizmatlar kelajagini shakllantirayotgan yangi yechimlar bilan tanishish imkonini berdi.
.png.webp)
.png.webp)
