UPT va InfinBANK pul o‘tkazmalari sohasida hamkorlik kelishuvini imzoladi
UPT va InfinBANK uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda pul o‘tkazmalari hajmini oshirishga qaratilgan pul o‘tkazmalari sohasidagi hamkorlik kelishuvini imzoladi.
.png.webp)
Shartnomani imzolash bo‘yicha rasmiy marosim 2026-yil 26-avgust kuni InfinBANK’ning Toshkentdagi ofisida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda har ikki tashkilot rahbariyati va asosiy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.
Yangi hamkorlik UPT va InfinBANK’ning texnologik imkoniyatlari, professional tajribasi va sheriklik tarmoqlarini birlashtiradi. Hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri pul o‘tkazmalari hajmini sezilarli darajada oshirish, shuningdek, pul mablag‘larini jo‘natish va qabul qilish uchun qulay va hamyonbop yechimlarni ta’minlovchi infratuzilmani yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, pul o‘tkazmalari xizmatlarining sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, o‘sish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish niyatida.
.png.webp)
“Biz uchun bu hamkorlik shunchaki kelishuv imzolash emas, balki ikki qardosh mamlakat — O‘zbekiston va Turkiyani yanada birlashtiradigan uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqichi boshlanishidir.. Biz InfinBANK bilan ochiq, ishonchli va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish niyatidamiz hamda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tranzaksiyalar hajmini sezilarli darajada oshirishga va pul o‘tkazmalari bozoridagi mavqeyimizni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz”, — deya ta’kidladi UPT kompaniyasi bosh direktori Murat Kastan.
.png.webp)
“UPT bilan integratsiya mijozlarimiz uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Biz eng tezkor, xavfsiz va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan moliyaviy xizmatlarni taqdim etishga intilamiz. Mazkur kelishuv xizmatlarimiz geografiyasini sezilarli darajada kengaytirish, jumladan, MDH mamlakatlari, Yevropa va Turkiya kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olish imkonini beradi. Shu orqali bozorga yanada moslashuvchan tarif yechimlarini taklif qila olamiz, bu esa mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyamizga to‘la mos keladi”, — deya izoh berdi InfinBANK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Po‘lat Salimov.
