InfinBANK mamlakatning barcha filiallarida Ria pul o‘tkazmalarini ishga tushirmoqda!
.png.webp)
Endi xorijga pul jo‘natish yanada qulaylashdi — InfinBANK xalqaro Ria Money Transfer pul o‘tkazmalari tizimini uladi.
Ria tizimi 39 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan pul o‘tkazmalari sohasidagi jahon yetakchilaridan biridir. Ushbu xizmat butun dunyo bo‘ylab 600 000 dan ortiq shoxobchalar tarmog‘i orqali 200 dan ziyod mamlakat va hududlarga pul jo‘natish imkonini beradi.
Pulni qayerga jo‘natish mumkin?
- Turkiya — 0,8% dan boshlab
- Gruziya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston — 0,85% dan boshlab
- Yevropa mamlakatlari (SEPA) — 1,25% dan boshlab
- AQSH va Kanada — 1,4% dan boshlab
- Ruminiya — 1,5% dan boshlab
- Yaponiya, Malayziya, Isroil, Janubiy Koreya — 2% dan boshlab
- BAA — 2,2% dan boshlab
- Moldova va Armaniston — 2,2% dan boshlab
- Boshqa yo‘nalishlar — 2,2% dan boshlab
Komissiya pul jo‘natilayotgan mamlakat va o‘tkazma summasiga bog‘liq.
InfinBANK va Ria Money Transfer — yaqinlaringiz qayerda bo‘lmasin, ular bilan birga bo‘lish uchun yanada ko‘proq imkoniyatdan foydalaning.
