InfinBANK Uzbekistan Economic Outlook’da ishtirok etdi

InfinBANK Uzbekistan Economic Outlook’da ishtirok etdi

InfinBANK Uzbekistan Economic Outlook’da ishtirok etdi

2026-yil 30-sentyabr kuni InfinBANK vakillari Amerika Savdo palatasi (AmCham Uzbekistan) va Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hamkorligida tashkil etilgan Uzbekistan Economic Outlook biznes uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda ADB, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) vakillari qatnashdi. Muhokamalar markazidan joriy iqtisodiy vaziyat, O‘zbekistonning istiqbollari va biznes rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rin oldi.

Uchrashuv ishtirokchilar uchun iqtisodiyotning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda xalqaro moliya tashkilotlari va biznes hamjamiyati vakillari bilan ekspert fikrlarini almashish imkonini berdi.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.