Muloqotdan investitsiyalar sari: InfinBANK AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqib, tobora amaliy tus olmoqda. Diplomatik muloqot bilan bir qatorda iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar kengaymoqda, yangi qo‘shma loyihalar shakllanmoqda hamda amerikalik investorlarning Markaziy Osiyo imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda.
.png.webp)
Xalqaro kapitalni mintaqadagi istiqbolli loyihalar bilan bog‘lay oladigan moliya institutlari ushbu jarayonning muhim qismiga aylanmoqda. InfinBANK uchun amerikalik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochuvchi yo‘nalishlardan biridir.
Qo‘shma loyihalar bo‘yicha muloqot: InfinBANK bosh ofisidagi uchrashuv
InfinBANKning Toshkentdagi bosh ofisida AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik hamda bank aksiyadori Mamatdjanov Farxod ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi uzoq muddatli loyihaviy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tomonlar qo‘shma loyihalar, Amerika sarmoyasini jalb etish imkoniyatlari va Markaziy Osiyoda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan aniq kelishuvlar va tashabbuslarni muhokama qilish uchrashuvning muhim qismi bo‘ldi. Shunday qilib, muzokaralar nafaqat fikr almashish maydoni, balki kelgusidagi hamkorlikning amaliy iqtisodiy kun tartibini shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida ham xizmat qildi.
.png.webp)
Diplomatik muloqotdan iqtisodiy hamkorlik sari: Samarqand “C5+1” formatiga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda
Keyingi muhim bosqich oktyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “C5+1” formatidagi vazirlar sammiti bo‘ladi. Ushbu format Qo‘shma Shtatlar hamda Markaziy Osiyoning beshta davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonni birlashtiradi.
“C5+1” formati AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi muntazam muloqot maydoni sifatida tashkil etilgan. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv ushbu hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi. Mintaqaviy manbalarga ko‘ra, tadbirlarda 100 dan ortiq AQSH kompaniyasi ishtirok etadi, asosiy e’tibor esa mintaqaviy iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, energetika xavfsizligi, savdo, xususiy investitsiyalar hamda Markaziy Osiyoning iqtisodiy modernizatsiyasi masalalariga qaratiladi.
Aynan shu nuqtai nazardan Toshkentda muhokama qilingan loyihalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular diplomatik kelishuvlar bosqichma-bosqich moliyalashtirish, xalqaro ekspertiza va xususiy sektor ishtirokini talab etadigan aniq iqtisodiy tashabbuslarga aylanayotganini ko‘rsatmoqda. InfinBANK xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirgan holda, sammitda ishtirok etadi.
.png.webp)
InfinBANK AQShda: xalqaro investorlarning bank obligatsiyalariga qiziqishi
InfinBANK delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy davomi bo‘ldi.
Qo‘shma dastur doirasida InfinBANK AQSHning Oppenheimer investitsiya bankiga obligatsiyalarni joylashtirish orqali kapital jalb qilish mandatini taqdim etdi. Ushbu ishlar doirasida bank taqdimotini o‘tkazish hamda xalqaro bozorning uning qarz vositalariga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga qaratilgan potensial investorlar bilan uchrashuvlar turkumi — Non-Deal Roadshow tashkil etildi.
InfinBANK delegatsiyasi Boston, Mayami va Nyu-York shaharlariga tashrif buyurib, 15 ta investitsiya fondi va bank vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida bank vakillari xalqaro investorlarga InfinBANK’ning rivojlanish strategiyasi, moliyaviy ko‘rsatkichlari va kelgusi o‘sish istiqbollarini taqdim etdi, shuningdek, kelgusida bankning 300 million AQSH dollarigacha bo‘lgan obligatsiyalarini joylashtirish jarayonida investorlarning ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
O‘tkazilgan muzokaralar xalqaro bozordagi kayfiyatni o‘rganish hamda potensial investorlarning InfinBANK obligatsiyalariga nisbatan dastlabki munosabatini bilish imkonini berdi. Bu bank uchun xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
.png.webp)
Bugungi kunda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bir vaqtning o‘zida davlatlararo muloqotdan tortib, biznes va moliya institutlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarigacha bo‘lgan bir necha darajada rivojlanmoqda. InfinBANK uchun ushbu jarayonda ishtirok etish xalqaro kapitalni jalb qilish, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish va O‘zbekistonning global moliya tizimiga yanada integratsiyalashuvi yo‘lida yangi imkoniyatlarni anglatadi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak “C5+1” sammiti ushbu aloqalarni mustahkamlash uchun qo‘shimcha maydon yaratadi, InfinBANKning amerikalik investorlar bilan olib borayotgan faoliyati esa xalqaro hamkorlik allaqachon diplomatik kelishuvlar doirasidan chiqib, aniq moliyaviy va investitsiyaviy tus olayotganini namoyish etadi.
