Bank mijozlari e’tiboriga!
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 01-noyabrdan boshlab “Yangi Hayot” bank xizmatlari markazi (BXM) o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Muhim ma’lumotlar:
-
Quyidagi yaqin joylashgan ofisimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Toshkent shahar, Sergeli tumani 3-daxa, Sugʻdiyona koʻchasi, 3.
-
Avval tuzilgan barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi.
-
Kredit va omonatlar bo‘yicha shartlar o‘zgarmaydi.
-
Barcha bank kartalari avvalgidek ishlashda davom etadi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha savollar yuzasidan 1214 telefon raqamiga yoki saytdagi qo‘llab-quvvatlash chatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
