InfinBANK "Oydin gurunglar" 2026 xalqaro forumida mukofotga sazovor bo‘ldi
InfinBANK "Oydin gurunglar 2026" xalqaro forumi doirasida Markaziy bankning nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bank jamiyatning ma’naviy va intellektual rivojlanishiga qaratilgan "Mahalla kutubxonasi" loyihasida faol ishtirok etgani uchun yuqori baholandi..png.webp)
Ushbu keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbus doirasida InfinBANK 4 ta mahallada kutubxonalar tashkil etishga hissa qo‘shdi, shuningdek, Yangi Asr Avlodi nashriyoti bilan hamkorlikda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Pul. Bolalar uchun moliyaviy bilimlar" kitobini nashr etdi. Kitoblar respublika bo‘ylab kutubxonalar va maktablarga bepul tarqatildi.
Markaziy bankning mukofoti nafaqat iqtisodiy o‘sishda, balki moliyaviy savodxonlikni oshirish va yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlashda moliya institutlarining muhim rolini ta’kidlaydi.
