Pul hisob-kitobni yaxshi ko‘radi, moliyaviy savodxonlik esa to‘g‘ri odatlardan boshlanadi!
Pul jamg‘arishni, xarajatlarni oqilona rejalashtirishni va moliyaviy xatarlarga uchramaslikni qanday o‘rganish mumkin? Butunjahon jamg‘arma kuni (World Savings Day) doirasida InfinBANK mutaxassislari Farg‘ona viloyatidagi maktab o‘quvchilari va yoshlarga shu haqda so‘zlab berishdi.Uchrashuvlar jonli va qiziqarli o‘tdi: zerikarli ma’ruzalar o‘rniga samimiy muloqot, interaktiv topshiriqlar va real hayotiy vaziyatlar tahliliga urg‘u berildi, hamda, albatta, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank ekspertlaridan javob olishdi.
.png.webp)
O‘quvchilar cho‘ntak pullarini to‘g‘ri sarflash, moliyaviy maqsadlarni belgilash, shaxsiy budjetni rejalashtirish sirlarini hamda nega hatto kichik jamg‘armalar ham vaqt o‘tishi bilan katta ahamiyat kasb etishi mumkinligini bilib olishdi.
Zero, moliyaviy savodxonlik — bu shunchaki pul haqidagi bilimlar emas, balki kelajakni yanada ishonch bilan qurishga yordam beradigan foydali ko‘nikmalardir!
